Dunyo

Braziliyada ikki yoshli bola tasodifan onasini otib qo‘ydi — video

Ota to‘pponchani stol ustida qoldirib, bolaning miltiq o‘ynay boshlaganini sezmay qolgan.

Braziliyada ikki yoshli bola tasodifan onasini otib qo‘ydi — video

Braziliyada ikki yoshli bola tasodifan otasining to‘pponchasi bilan onasini otib qo‘ydi, deb yozadi Daily Mail.

Voqea Braziliyaning Matu-Grosu-du-Sul shtatida sodir bo‘lgan. Er-xotin suhbatlashayotganda, ularning ikki yoshli o‘g‘li stol ustida yotgan 9 millimetrli Glock to‘pponchasini olib, tasodifan onasiga qarata o‘q uzgan. O‘q otilgandan so‘ng ayol sakrab, bir necha qadam yurdi va yiqildi. Uning eri birinchi yordam ko‘rsatishga harakat qildi. Ayol shifoxonaga yetkazilgan, biroq uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.

Marhumaning turmush o‘rtog‘i fermer bo‘lib, qurol litsenziyasiga ega bo‘lgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Erkakka nisbatan qasddan qilinmagan qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda. U o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qilishni davom ettira oladimi yoki o‘g‘il mahalliy ijtimoiy xizmatlarga yuboriladimi, bu noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Jizzaxda erkak o‘z tanishini tasodifan bosib ketib, vafot etgandi. U uch yilga ozodlikdan mahrum etildi va uch yil davomida barcha turdagi transport vositalarini boshqarishdan mahrum qilindi.

Izohlar

Mavzuga oid