Ba’zi muhojirlar Rossiyada rus tili imtihonisiz ishlay oladi
Shuningdek, ular mamlakat tarixi va qonunchiligini bilishini tasdiqlashi shart emas.

Rossiyada kvota bo‘yicha ishlayotgan muhojirlar til va tarix bo‘yicha imtihonlardan ozod qilinadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Federatsiya Kengashiga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, idora tegishli qonunni ma’qullagan. Shunday qilib, endi Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan tasdiqlangan kvotalar bo‘yicha mamlakatda ishlayotgan o‘zbekistonliklar ishlash uchun ruxsatnoma olish uchun ariza topshirishda rus tilini bilish, mamlakat tarixi va qonunchilik asoslarini bilishlarini tasdiqlamasliklari kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, qonun Mehnat vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan kasblar ro‘yxatiga muvofiq kasb bo‘yicha ishga joylashtiriladigan malakali mutaxassislar uchun RVP berishda rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish muddatini uzaytirishni ham nazarda tutadi.
Avvalroq Rossiyada muhojirlarni emlash va tekshirishni boshlashmoqchi ekani xabar qilingandi. Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Gennadiy Onishchenkoning ta’kidlashicha, agar mamlakat muhojirlarni qabul qilsa, boshqa davlatlar bilan kelishish kerak.
Izohlar