AQSHda sayyohlarni ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni taqdim etishga majburlashmoqchi
Takliflar AQSH prezidenti administratsiyasidan kelib tushgan.

AQSH prezidenti ma’muriyati barcha xorijlik sayyohlarni mamlakatga kirishda o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi so‘nggi besh yildagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini yuklamoqchi, deb xabar berdi NBC nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli taklif AQSH aviatsiya boshqarmasining hukumat byulletenida paydo bo‘lgan. Taklif etilayotgan choralar barcha kirib kelayotgan chet elliklarga, shu jumladan fuqarolari viza talab qilmaydigan davlatlardan kelganlarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, Shtatlar chegara xizmati sayyohlardan so‘nggi besh yil ichida foydalangan elektron pochta manzillari va telefon raqamlarini, shuningdek, oila a’zolarining manzillari va telefon raqamlarini aytishni talab qilishi mumkin.
Avvalroq AQShda migratsiya taqiqiga uchragan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirishmoqchi ekani xabar qilingandi. Mamlakatlarning aniq soni va ularning nomi oshkor etilmagan.
Izohlar