Dunyo

AQSHda American Airlines samolyoti to‘g‘ridan-to‘g‘ri havoga ko‘tarilish paytida yonib ketdi -—video

Samolyot bortida 173 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning barchasi zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

AQShda American Airlines aviakompaniyasining samolyoti Denver aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida yonib ketdi, deb xabar bermoqda CBS News.

Barcha 173 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi avariyaviy trap orqali xavfsiz evakuatsiya qilindi. Bir kishi yengil tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan, yana besh kishi lat yegan. Mayamiga uchayotgan Boeing 737 Max samolyotining shassi ustuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish yo‘lagida yonib ketdi.

American Airlines’ning tushuntirishicha, hodisa “shinalardan biriga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar” tufayli sodir bo‘lgan. Samolyot tekshiruv o‘tkazish uchun vaqtincha foydalanishdan chiqarilgan. Reys yo‘lovchisining aytishicha, samolyot deyarli havoga ko‘tarilganda, u qattiq gumburlashni eshitgan. Shundan so‘ng uchuvchilar darhol tezlikni pasaytira boshlagan, keyin esa samolyotni butunlay to‘xtatgan.

Taxminan bir daqiqadan so‘ng boshqa yo‘lovchilar tutunni seza boshladilar va tez orada evakuatsiya boshlandi. Ta’kidlanishicha, bu Denverdagi American Airlines samolyotlari bilan bir yil ichida sodir bo‘lgan ikkinchi hodisadir. Mart oyida yong‘in boshqa reys qo‘nganidan keyin sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida bortida 43 yo‘lovchi, jumladan, 5 nafar bola bo‘lgan “An-24” samolyoti halokatga uchradi. Shavkat Mirziyoyev halokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная