AQSH “Tolibon”ning terrorchilik tashkiloti maqomini qayta ko‘rib chiqadi
AQSH davlat kotibi Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar harakatni FTOga kiritish masalasini hal qilmoqda.

AQSHda “Tolibon” harakatining terrorchilik tashkiloti maqomini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press.
AQSH davlat kotibi Marko Rubio toliblar “Al-Qoida” va mamlakatdagi boshqa elementlarga qarshi kurashda ko‘proq hamkorlik qilishini istashini aytdi. Ma’lum qilinishicha, ayni paytda harakat AQSHda “Maxsus ahamiyatga ega global terrorchi” (SDGT) maqomiga ega.
“Ularni FTOga qo‘shish masalasi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinishi kerak, ular oxir-oqibatda Afg‘onistonga nisbatan kelajakdagi siyosat qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi yaxlit yondashuvga asoslanadi. Biz ularning kimligini va o‘tmishda nimalar qilganini aniq bilamiz. Biz ulardan “Al-Qoida” va mamlakatdagi boshqa unsurlarga qarshi kurash masalasida ko‘proq hamkorlikni ko‘rishni istardik. Shuning uchun, menimcha, bu prezident tomonidan hamkorlikni kengaytirish uchun dastak sifatida mavjud bo‘lgan mablag‘lar to‘plamining bir qismidir”, — deya javob berdi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada “Tolibon” terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarilgandi. Harakat ushbu ro‘yxatdan birinchi bo‘lib chiqarib tashlangan.
Izohlar