Dunyo

AQSH Guantanamodagi qamoqxonaga minglab noqonuniy muhojirlarni jo‘natishni rejalashtirmoqda

Bunday qarorga Trampning migratsiya siyosatini qat’iylashtirishi tufayli qamoqxonalar to‘lib ketgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Guantanamodagi qamoqxonaga minglab noqonuniy muhojirlarni jo‘natishni rejalashtirmoqda

AQShda noqonuniy muhojirlarni ommaviy ravishda qamoqqa jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda AQShning Kubadagi Guantanamo shahridagi harbiy bazasida noqonuniy muhojirlarni ommaviy ravishda qamoqqa jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb yozadi The Washington Post manbalarga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Oq uy ma’muriyati taxminan 9 ming kishini jo‘natishni rejalashtirmoqda, ular orasida Yevropa mamlakatlari, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Irlandiya, Belgiya, Niderlandiya, Litva, Polsha va Ukraina fuqarolari, shuningdek, Gaitidan kelgan muhojirlar bor. Ular etaplashtirishga yaroqliligini aniqlash uchun allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishni boshladilar.

Qayd etilishicha, bunday choralarga Trampning migratsiya siyosatini kuchaytirishi tufayli Amerika qamoqxonalarining ortiqcha yuklanishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xususan, avvalroq AQSH rahbari 30 ming nafargacha muhojirni vaqtincha Kubada joylashtirib, mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirgandi. Shu bilan birga, mamlakat rasmiylari ittifoqchi davlatlar ma’muriyatini o‘z fuqarolarining Guantanamoga ko‘chib o‘tishi haqida xabardor qilmasligi kutilmoqda.

Hozircha AQSH harbiy bazasi barcha 9 ming kishini qabul qila oladimi yoki yo‘qmi, noma’lum, chunki ilgari u yerga jo‘natilganlar soni ancha kam edi. Shu bilan birga, Oq uyning o‘zida yoki AQSH Ichki xavfsizlik vazirligida vaziyatga hozircha izoh berilmagan. Guantanamo qamoqxonasi 2002-yilda ochilgan va terrorizmda gumon qilinganlarni saqlash uchun ishlatilgan. Qayd etilishicha, inson huquqlari tashkilotlari obyektni inson huquqlarini muntazam ravishda buzgani uchun tez-tez tanqid qilgan.

Avvalroq AQSH muhojirlarni “o‘z-o‘zini deportatsiya qilish”ga rozi bo‘lganlarning birinchi samolyotini yuborgani xabar qilingandi. Ko‘ngillilar vatanga bepul yetkazildi, shuningdek, 1000 dollardan to‘langan.

Izohlar

Mavzuga oid