AQSH bir qator davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Ba’zi davlatlarda ishonchli hujjatlar berish uchun vakolatli organlar mavjud emas yoki firibgarlik holatlari keng tarqalgan.

AQSH 36 mamlakat, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun mamlakatga kirishga cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Washington Post Davlat departamenti hujjatlariga tayanib.
Ro‘yxatga Afrikaning 25 mamlakati, jumladan, Misr va Jibuti kiritilgan. Qirg‘iziston Markaziy Osiyo mintaqasiga kiritilgan. Shuningdek, ro‘yxatga Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Butan, Burkina-Faso, Kabo-Verde, Kambodja, Kamerun, Kongo, Dominika, Efiopiya, Gabon, Gambiya, Gana, Kot-d’Ivuar, Liberiya, Malavi, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, San-Tome va Prinsipi, Senegal, Janubiy Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tonga, Tuvalu, Uganda, Vanuatu, Zambiya va Zimbabve kiritilgan.
“Ushbu tashabbus Tramp ma’muriyatining immigratsiya siyosatini qat’iylashtirishda yangi bosqich bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Davlat kotibi Marko Rubio imzolagan hujjatga ko‘ra, bu mamlakatlar bir qator mezonlarga javob bermaydi va hukumatlarga Davlat departamentining yangi talablarini bajarish uchun 60 kun beriladi. Ularning ayrimlarida ishonchli hujjatlar berish bo‘yicha vakolatli organlar mavjud emas yoki firibgarlik holatlari keng tarqalgan.
Shuningdek, ushbu mamlakatlarning ko‘plab fuqarolari AQShda bo‘lish muddatlariga rioya qilmaydi. Davlat departamenti vakili rasmiy hujjatlarga izoh berishdan bosh tortdi. Oq uy ham bunga izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Guantanamodagi qamoqxonaga minglab noqonuniy muhojirlarni jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bunday qarorga Trampning migratsiya siyosatini qat’iylashtirishi tufayli qamoqxonalar to‘lib ketgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izohlar