Afg‘onistonda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 600 dan ortiq odam halok bo‘ldi — video
Ko‘pchilik hali ham vayronalar ostida qolmoqda va qurbonlar soni ortishi mumkin.

Afg‘onistonda 600 dan ortiq odam halok bo‘ldi Afg‘onistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.
6 magnitudali zilzila Kobuldan taxminan 200 km va Pokistonning Islomobod shahridan 400 km uzoqlikda sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri 8 km chuqurlikda bo‘lgan. Asosiy silkinishdan so‘ng 4,5 dan 5,2 gacha bo‘lgan uchta aftershok qayd etildi. Zilzila oqibatida 622 kishi halok bo‘lgan, yana 1,5 ming fuqaro jabrlangan.
Ma’lum qilinishicha, “raqamlar yakuniy emas, chunki qutqaruv guruhlari hali ham chekka hududlarga yuborilmoqda”. Qutqaruvchilar vayronalarni buzib, jabrlanganlarni xavfsiz joylarga olib ketishmoqda. Ko‘plab jabrlanganlar vayronalar ostida qolmoqda.
“Har tomonlama va to‘liq qo‘llab-quvvatlash uchun barcha jamoalarimiz yordam ko‘rsatishni tezlashtirish uchun safarbar qilindi”, — dedi mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili Abdul Maten Qani.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda dahshatli YTH sodir bo‘lgandi, unda 70 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Avtobus haydovchisining tezlikni oshirishi va ehtiyotsizligi oqibatida avariya sodir bo‘lgan.
Izohlar