Dunyo

Afg‘onistonda internet yana ishlay boshladi

“Tolibon” internet aloqasini qasddan uzishga aloqadorlikni rad etgan.

Xalqaro internet monitoring xizmati NetBlocks ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistonda internet aloqasi qisman tiklandi.

Operativ tarmoq ma’lumotlari Afg‘onistonda internetga ulanish qisman tiklanganini ko‘rsatmoqda. Avvalroq butun mamlakat hududida internet o‘chib qolgandi. Afg‘oniston ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, toliblar “axloqsizlikning oldini olish” maqsadida bir qator hududlarda simli internetdan foydalanishni taqiqlashni buyurgan.

“Tolibon”ning o‘zi Afg‘onistonda internetni qasddan o‘chirish haqidagi ayblovlarni rad etdi. Ular tarmoqdagi muammolarni mamlakatda almashtirilishi kerak bo‘lgan eski optik tolali kabellardan foydalanilayotgani bilan bog‘lashgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная