Dunyo

Afg‘onistonda “gunohlarga qarshi kurashish” uchun internetni bosqichma-bosqich taqiqlash rejalashtirilmoqda

Uzilish tufayli pasport xizmatlari va bojxona allaqachon ziyon ko‘rmoqda.

Фото: Ситуативное

Tolibon optik tolali internetdan foydalanishni taqiqladi va “gunohlarga qarshi kurashish” uchun internetni bosqichma-bosqich taqiqlashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Tasnim News.

Balx gubernatori vakilining aytishicha, “Tolibon” rahbarining ko‘rsatmasi bilan bu viloyatda optik tolali internetdan foydalanish taqiqlangan. Uning qayd etishicha, bundan buyon internetga ulanish imkoni bo‘lmaydi. Bu qaror “gunohlar”ning oldini olish uchun qabul qilingan.

Tolibon hukumati mahkamasining olti vaziri “Afg‘on Telekom”ning internetdan uzilishi oqibatlarini baholash uchun Qandahorga yo‘l oldi. Bu pasport xizmati va bojxona ishiga ta’sir qildi. Ta’kidlanishicha, uzilish boshqa viloyatlarga ham tarqalishi ehtimoli bor.

Afg‘onistonlik jurnalist Bilol Sarvariyning yozishicha, “Tolibon” Afg‘onistonda internet taqdiri bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelmagan. Mozori Sharifda Vali va Tolibon aloqa vaziri o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Qandahordagi idoraga yaqin bo‘lgan Vali masalani o‘zicha hal qildi.

Internetni o‘chirish avval ham “Tolibon”ning yuqori darajasida muhokama qilingan va uning xavfsizlik uchun foydali ekani tan olingan bo‘lsa-da, Kobulda bunga qarshilar bor. Ma’lum qilinishicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani taqiqlash kabi internet cheklovlari bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda ayollarga erkak hamrohligisiz ishga borish taqiqlangandi. Ba’zi hollarda erkak kishidan kun bo‘yi ofisda shaxsan bo‘lish talab qilinadi. Ayollarga yonida erkak hamroh borligini tasdiqlovchi maxsus hujjat — “mahram kartasi” bo‘lishi shart qilib qo‘yildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная