Avto

UzAuto Motors bosh direktori o‘zgardi

Kompaniyaning yangi rahbari vengriyalik muhandis Yanosh Kovach bo‘ldi.

UzAuto Motors bosh direktori o‘zgardi

UzAuto Motors bosh direktori o‘zgardi, unga vengriyalik muhandis Yanosh Kovach tayinlandi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Qarorni Kuzatuv kengashi qabul qildi. Yanosh Kovach Vengriyada tug‘ilgan va Budapesht texnika universitetini avtomobil texnologiyalari muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Jahon avtomobil sanoatining yetakchi top-menejerlaridan biri bo‘lgan Kovach General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi kompaniyalarda muhim rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillik tajribaga ega.

U o‘z kasbiy faoliyati doirasida sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va avtomobil zavodlarini boshqarish masalalariga mas’ul bo‘lgan. Yanosh Kovach 2021-yildan buyon UzAuto Motors kuzatuv kengashi tarkibiga kiradi va kompaniyaning audit qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.

Avvalroq Aksilkorrupsiya agentligi UzAuto Motors tenderlarida qoidabuzarliklarni aniqlagani haqida xabar berilgandi. Hujjatlar sud muhokamasi uchun tegishli organga yuborilgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid