Toshkentning qaysi tumanida YTH ko‘proq sodir bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Reytingning oxirida bir necha yuzlab avariyalar sodir bo‘lgan Yangihayot tumani joylashgan.

2025-yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida 4 350 ta YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Open data Tashkent portali.
Eng ko‘p avariya Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan — 561 ta. Keyingi o‘rinlarda Chilonzor tumanida 555 ta holat va Yashnobod tumanida 554 ta YTH qayd etilgan. Tumanlar kesimida ro‘yxat quyidagicha:
- Mirzo Ulug‘bek tumani — 475;
- Shayxontohur tumani — 363;
- Olmazor tumani — 337;
- Uchtepa tumani — 316;
- Sergeli tumani — 288;
- Mirobod tumani — 269;
- Bektemir tumani — 217;
- Yakkasaroy tumani — 210;
- Yangihayot tumani — 205.
Eslatib o‘tamiz, endi “chiroyli” raqamlar auksionlarda sotilmaydi. Buning o‘rniga harf va raqamlarning buyurtma kombinatsiyalari bo‘lgan raqamlar fuqarolarga elektron murojaat asosida beriladi.
Izohlar