Avto

Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash vaqtida bir nechta ko‘chalar yopildi — xarita

Haydovchilardan muqobil yo‘nalishlardan foydalanish so‘raldi.

8-oktyabrdan 20-oktyabrgacha Toshkentda bir nechta ko‘chalar ta’mirlash ishlari vaqtida yopiladi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.

Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududidan o‘tuvchi Yangi O‘zbekiston (Ohangaron shossesidan D012 avtomobil yo‘ligacha), Jasorat va Do‘stlik ko‘chalaridagi avtomobil yo‘llarida PSHMA-20 turidagi asfalt-beton qoplamasining yuqori qatlami yotqizilishi munosabati bilan transport vositalari harakati qisman cheklanadi.

Avvalroq Toshkentning Yashnobod tumanida qariyb bir oyga avtomobillar harakati to‘xtatilishi haqida xabar berilgandi. 5-oktyabrdan 1-noyabrga qadar Maxtumquli ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining ko‘prik osti qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Ta’mirlashdan so‘ng, yo‘l harakati to‘liq tiklanadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная