Avto

Toshkentda qurilish sababli yo‘llardan biri yopildi — xarita

Haydovchilardan yondosh yo‘llardan foydalanish so‘raldi.

Фото: Ситуативное

Toshkentda avtomobil yo‘llaridan biri qurilishi vaqtida to‘sib qo‘yildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Poytaxtni Toshkent viloyatining bir necha tumanlari bilan bog‘lovchi D-021 Toshkent halqa avtomobil yo‘li va D-002 Toshkent—Nurafshon avtomobil yo‘li kesishmasida yangi yo‘l inshootlari qurilmoqda. Shu munosabat bilan mazkur chorrahada transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Ushbu holatni inobatga olib, haydovchilardan yondosh avtomobil yo‘llaridan foydalanishni so‘raymiz, —deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, prezident sayyohlarning ichki yo‘llardan shikoyat qilgani uchun amaldorlarni koyigandi. Rasmiylarga hisob-kitoblarni amalga oshirish va “sayyohlik halqasi”ga kiruvchi yo‘llarni ta’mirlashga kirishish topshirilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная