Avto

Toshkentda ko‘p qavatli uylarda yashovchilarga pulli avtoturargohlardan foydalanishda imtiyozlar beriladi

Kunduzi va bayram kunlarida ham chegirmalar taqdim etiladi.

Toshkentning pulli avtoturargohga ega ko‘chalarida ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun maxsus imtiyozlar yaratiladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Fuqarolar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi. Ruxsatnoma egalari o‘z mahallasi hududidagi avtoturargohlardan kechqurun ertalabgacha imtiyozli shartlarda foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Kunduzgi vaqtlarda ham chegirmalar, bayram va dam olish kunlarida esa kengroq imtiyozlar taqdim etiladi.

Hozirda rezidentlik ruxsatnomalarini elektron shaklda olish uchun YaIDXP bilan integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Jarayonlarni 2025-yil noyabrgacha yakunlash rejalashtirilgan. Keyinchalik shahar hokimi ruxsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, ruxsatnoma olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifasi va taqdim etiladigan imtiyozlar ro‘yxati aniq belgilangan hujjatni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda farmatsevtika instituti o‘rnida mehmonxona va avtoturargoh paydo bo‘lishi mumkin. OTMni Toshkent viloyatiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная