Toshkentda Kichik halqa yo‘lining bir qismi to‘rt kunga yopiladi
Harakatni cheklash ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Toshkentning Shayxontohur tumanida Kichik halqa yo‘lining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, 18-iyul soat 15:00 dan 21-iyul soat 06:00 ga qadar Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beruniy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha bo‘lgan bir tomonlama qismi transport harakati uchun yopiladi.
Haydovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralib, yo‘nalishni belgilashda muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Bundan tashqari, qurilish ishlari tufayli ba’zi avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha boshqa ko‘chalarga yo‘naltirilmoqda:
- 34-sonli avtobus: Beruniy ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasi — Ko‘kcha darvoza ko‘chasi;
- 64-sonli avtobus: Nurafshon va Ko‘kcha darvoza;
- 87-sonli avtobus: Beruniy — Nurafshon — Ko‘kcha darvoza;
- 116-sonli avtobus: Beruniy — Nurafshon — Ko‘kcha darvoza;
- 131-sonli avtobus: Beruniy — Nurafshon — Ko‘kcha darvoza;
- 147-sonli avtobus: Beruniy — Nurafshon — Ko‘kcha darvoza.
Ushbu avtobuslarning qaytish yo‘nalishlari o‘zgarishsiz qoladi.
Izohlar