Avto

Toshkentda issiqlik tarmoqlari ta’mirlanishi sababli ko‘chalardan biri yopiladi

Yaqin atrofdagi uylar aholisiga o‘tish yo‘li tashkil etilishiga va’da berildi.

Фото: ситуативное

Toshkentning Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasida issiqlik tarmoqlarini almashtirish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 10-sentyabrdan 30-sentyabrgacha ko‘cha yopilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Veolia Energy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qumariq ko‘chasida umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan 325 mm diametrli issiqlik tarmoqlari almashtiriladi.Ishlar pudratchi tashkilot tomonidan 10-30 sentyabr kunlari yo‘lning qatnov qismini yopish bilan amalga oshiriladi.

Ishlarni bajarish vaqtida yuk bo‘linmalari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport, avariya-qutqaruv xizmatlari xodimlari, shuningdek, yaqin atrofdagi uylar aholisining kirishi va o‘tishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda issiq suv ta’minotida besh kunlik uzilishlar boshlangandi. Ko‘rsatilgan muddatlarda mutaxassislar qishda suvni barqaror yetkazib berish uchun profilaktika ishlarini olib boradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная