Avto

Toshkentda issiqlik quvurlari almashtirilishi sababli ko‘chalardan birida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin — xarita

Ta’mirlash ishlari iyun oyi oxirigacha davom etadi.

Toshkentda issiqlik quvurlari almashtirilishi sababli ko‘chalardan birida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin — xarita

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida avtotransport vositalari harakati vaqtincha qiyinlashishi mumkin, deya xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.

Veolia Energy kompaniyasi 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 5-tor ko‘chasida diametri 720 mm va uzunligi 120 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirishni boshladi. Ishlar 2025-yil 18-30-iyun kunlari amalga oshiriladi.

“Shu sababli Sayram 5-tor ko‘chasi “Anor Bank” va “Britaniya maktabi” yonida yo‘lning bir qismida ishlar olib boriladi. avtoulovlar harakati davom ettiriladi ammo vaqti-vaqti bilan tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning bir tumanida bir oy davomida issiq suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Mutaxassislar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ta’mirlash ishlarini olib boradi.

Izohlar

Mavzuga oid