Toshkentda futbol o‘yini munosabati bilan bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi
O‘zbekiston JCH-2026 saralash bosqichi so‘nggi tur o‘yinini o‘tkazadi.

10-iyun kuni Toshkentda JCH-2026 saralash bosqichi so‘nggi tur o‘yini munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi bahs olib boradi. Shu munosabat bilan soat 16:00 dan boshlab va tadbir tugagunga qadar quyidagi harakatlar cheklanadi:
- Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol ko‘chasi chorrahasigacha;
- Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgungacha;
- ikkinchi darajali Bunyodkor ko‘chasi, KXAYdan Muqimiy ko‘chasigacha.
Harakat qisman cheklanadi:
- Alisher Navoiy va Furqat ko‘chalari chorrahasi;
- Furqat ko‘chasining Sebzor – Ganga ko‘prigidan tunnelga kirishgacha bo‘lgan qismi;
- Zarqaynar ko‘chasidan tunnelga kirish;
- Bunyodkor ko‘chasining Kamolon ko‘prigi ostidagi qismi;
- Ozarbayjon elchixonasi yaqinidagi Bunyodkor ko‘chasidan ikkinchi darajali magistralga kirish;
- Qatortol va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasi;
- Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasi;
- Bunyodkor va KXAY ko‘chalari kesishmasi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li va Qatortol ko‘chasi chorrahasi;
- Bunyodkor va Gavhar ko‘chalari chorrahasi;
- KXAY va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi;
- “Erkin” YPX postidan yuk transporti harakati;
- Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi.
Izohlar