Avto

Toshkentda bir necha kun davomida ko‘chalardan biri yopiladi — manzillar

Poytaxtda “Yangi O‘zbekistonning Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Noyabr-dekabr oylarida Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim yo‘llar haydovchilar uchun vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Poytaxtda “Yangi O‘zbekistonning Olimpiya cho‘qqilari” — “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan 24-noyabrdan 4-dekabrgacha quyidagi yo‘nalishda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:

  • “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasi bo‘ylab yangi mehmonxonalar tomon harakatlanish (“Yangi O‘zbekiston” bog‘i chegarasi bo‘ylab);
  • Milliy bog‘ ko‘chasidan yangi mehmonxonalar tomon harakatlanish vaqtincha cheklanadi (faqat maxsus transport vositalari uchun harakatlanishga ruxsat beriladi).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Prezident olimpiadasi” o‘tkazila boshlaydi. Turli sport turlari bo‘yicha musobaqa g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar: avtomobil va uy-joy bilan taqdirlanadi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная