O‘zbekistonda to‘xtash va to‘xtab turishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi
Belgilar yonida qo‘shimcha axborot belgilari o‘rnatiladi.

Oʻzbekistonda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuqtai nazaridan to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi.
Ma’lumotlarga ko’ra, rasmiylar turli joylarda bunday belgilar o’rnatilishining asosliligini ko’rib chiqadi. Zarur bo’lmagan joylarda o’rnatilgan belgilar demontaj qilinadi. Shu bilan birga, hokimiyat tegishli belgilarning amal qilish muddatini ko’rsatadigan qo’shimcha ma’lumot belgilarini o’rnatadi.
Shuningdek, qayd etilishicha, ushbu belgilarda ko‘rsatilgan harakat vaqtidan tashqari haydovchilar o‘z avtomobillarini to‘xtatib turishlari mumkin bo‘ladi. Masalan, «To‘xtab turish taqiqlangan» belgisining tagida amal qilish vaqti soat «7.00 – 21.00» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, transport vositalari ushbu belgi hududida soat 21.00 dan 7.00 ga qadar bemalol to‘xtab turishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda jamoat transporti uchun ajratilgan bo‘laklarda harakatlanishga ruxsat berilishi xabar qilingandi. Bunga faqat kechki vaqtda ruxsat beriladi.
Izohlar