Avto

O‘zbekistonda eski avtomobillarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish taklif qilindi

Alisher Qodirov yo‘llardagi og‘riqli muammolarga izoh berdi.

Фото: ситуативное

O‘zbekiston rasmiylari 40-50 yillik avtomobillarni foydalanishdan chiqarishni taklif qildi. “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi, Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov cheklovni 25-30 yilga tushirishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida yozdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 24 mln qoidabuzarlik qayd etilgan, ulardan 19 milliontasi tezlikni oshirish bilan bog‘liq.

“Tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi kerak. Masalan, magistral yo‘l masofa uzoq, aholi yashash punkti emas, nega 130 yurish mumkinmas?”

Shuningdek, u yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzganlik, avariya xavfini tug‘dirganlik uchun katta jarima joriy etishni taklif qildi: svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, cheklov zonasida tezlikni ikki baravar oshirish, xizmat avtomobillariga alohida e’tibor berishni taqiqlash, chunki tartib barcha uchun bir xil bo‘lishi kerak.

“40-50 yillik avtomashinalarni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish – juda to‘g‘ri taklif. Xatto bu cheklovni 25-30 yilga tushirish ham no‘to‘g‘ri bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Faqat mashinani almashtirish uchun qulay takliflar bo‘lishi kerak”.

Deputat ichki ishlar organlari xodimlarini o‘qitish bilan shug‘ullanish ham muhimligini ta’kidladi.

“Bu sohada ishini yaxshi biladigan, o‘qigan, har tomonlama jamiyatga namuna bo‘ladigan qorako‘zlar ishlashi kerak, vazirlikdagi mansabdorning jiyan yoki hamqishloqlari emas. Jamiyat formadagi xodimlar bilan faxrlanishi kerak”.

So‘zining yakunida Alisher Qodirov qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha maslahatlashuvlarga tayyorligini ma’lum qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная