Avto

O‘zbekistonda endi kameralar yo‘l chiziqlarini bosib o‘tish holatlarini qayd etmaydi

Biroq agar bunday qoidabuzarlik YPX xodimi tomonidan aniqlansa, u belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonda endi kameralar yo‘l chiziqlarini bosib o‘tish holatlarini qayd etmaydi

1-iyundan boshlab Oʻzbekistonda kameralar yoʻl belgilarini kesib oʻtishda qoidabuzarliklarni qayd etmaydi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi.

Prezident topshirig‘iga asosan aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, joriy yil 1-iyundan boshlab yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘xtash chizig‘i – «stop-liniya» (5.33 yo‘l belgisi) bundan mustasno.

Ya’ni haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushadi.

Izohlar

Mavzuga oid