Endi O‘zbekistonda haydovchilar yengil turdagi qoidabuzarlikni birinchi marta sodir etganda faqat ogohlantiriladi
Ushbu ta’sir chorasini yiliga bir marta qo‘llash taklif etildi.

Oʻzbekistonda huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash tizimida yangi taʼsir chorasi paydo boʻladi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi.
Maʼlumotlarga koʻra, endilikda ayrim kichik huquqbuzarliklarni sodir etgan haydovchilar “maʼmuriy ogohlantirish” bilan tushishi mumkin.
Qayd etilishicha, chora faqat haydovchi tomonidan birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llaniladi va u bir yilda bir martagina qo‘llanilishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda ayrim temir yo‘l kesishmalarida belgilar o‘rniga tartibga solinadigan svetoforlar o‘rnatilishi haqida xabar berilgan edi. Bu marshrutlarni kesib o‘tadigan yo‘llardagi tirbandlikni bartaraf etishga yordam berishi kerak.
Izohlar