Avto

Ekologiya vazirligi rahbariga gibrid avtomobillar uchun ekologik sertifikat talablarini aniqlashtirish so‘ralgan

Aziz Abduhakimovga senatorlik so‘rovi yuborildi.

Ekologiya vazirligi rahbariga gibrid avtomobillar uchun ekologik sertifikat talablarini aniqlashtirish so‘ralgan

Ekologiya vazirligi rahbari Aziz Abduhakimov nomiga gibrid avtomobillar uchun ekosertifikat talablarini aniqlab berishni soʻrab senatorlik soʻrovi yuborildi, deb xabar qildi Senat matbuot xizmati.

Senatning Agrar-suv siyosati va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar To‘ychiev Ekologiya vazirligi rahbariga tushuntirish berishni so‘rab senatorlik so‘rovi yubordi:

  • respublikada faoliyat yuritayotgan ekologik sertifikatlashtirish organlari faoliyatini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslari va tartibi;
  • avtotransport vositalarining ekologik standartlarga muvofiqligini, ularning moddiy-texnik bazasini, qamrovi va sinov imkoniyatlarini tekshiradigan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarining mavjudligi;
  • elektr dvigatellari bilan jihozlangan gibrid avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ekologik sertifikat talab qilinishining qonuniy asoslari;
  • ariza berish, ekologik sertifikatlashtirish va ekologik sertifikat berish yoki berishni rad etish uchun belgilangan yig’imlar.

Murojaatdan ko‘zlangan maqsad belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash, mavjud mexanizmlarda shaffoflikka erishish hamda tadbirkorlar va fuqarolar uchun ortiqcha qiyinchiliklar va byurokratik to‘siqlar yaratilishining oldini olishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avtomobillar importi pasayishda davom etmoqda . Gibrid avtomobillar importi eng ko’p kamaydi.

Izohlar

Mavzuga oid