
11 Aprel 2025, 11:34 •Oʻzbekiston
Toshkent metrosida yoʻlovchilar ketayotgan poyezd bekatlar oraligʻida qolib ketdi
Mashinist nosozlikni aniqladi, uni tuzatdi va harakatni davom ettirdi.

11-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda metroda odamlar ketayotgan poyezd vagoni bekatlar oraligʻida qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Metropoliten hodisaga izoh berdi.
Aniqlanishicha, voqea taxminan soat 07:53 larda “Mingoʻrik” bekatidan harakatlanayotgan 67-sonli poyezdda sodir boʻlgan. Shu sababli, “Ming oʻrik” va “Yunus Rajabiy” bekatlari oʻrtasidagi poyezdlar harakati yoʻlovchilar xavfsizligi uchun toʻxtatildi.
“Mashinist tomonidan tezkor koʻrilgan chora-tadbir natijasida 3 daqiqa ichida harakat tarkibidagi nosozlik bartaraf etilgan va poyezd harakatini davom ettirgan. Hozirgi vaqtda yoʻnalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda uyida narkotik yetishtirgan fuqarolar qo‘lga olindi
2 May 2025, 22:17
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi
2 May 2025, 18:15
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
2 May 2025, 17:11
O‘zbekistondagi Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi
2 May 2025, 15:47
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi, binolari savdoga qo‘yiladi
2 May 2025, 14:00
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
2 May 2025, 12:24
Denovda 32 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi
2 May 2025, 10:51
Birjada propan narxi metan narxi oshishi fonida 21 foizga oshdi
1 May 2025, 21:23