
Toshkent viloyatida ayol o‘zini Afrosiyob poyezdi tagiga tashlab vafot etdi
3 May 2025, 11:47Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya klubi bilan shartnomasini uzaytirishga kelishib oldi, deb xabar beradi Calciomercato.
Shomurodov klub bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga — 2027-yilga qadar uzaytirdi. Qayd etilishicha, oʻzbekistonlik futbolchi “Roma” klubida qolish uchun maoshining kamaytirilishiga rozi boʻlgan. Maosh miqdori hozircha maʼlum qilinmagan.
Eldor joriy mavsum “Roma” safida barcha musobaqalarda 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozigacha moʻljallangan. “Transfermarkt” portali hujumchini 4 mln yevroga baholamoqda.