7 Aprel 2025, 13:40 Oʻzbekiston

Urganchda Tracker haydovchisi piyodalar oʻtish joyida bolani urib yubordi — video

YPX xodimlari bolani shifoxonaga olib borib, shifoxonaning neyroxirurgiya boʻlimiga yotqizishgan.

Urganchda Tracker haydovchisi piyodalar oʻtish joyida bolani urib yubordi — video

Xorazm viloyatida Tracker haydovchisi piyodalar oʻtish joyida bolani urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Voqea Urganch shahrining Al Xorazmiy koʻchasida sodir boʻlgan. Tracker haydovchisi piyodalar oʻtish joyida yoʻlni kesib oʻtayotgan bolani urib yuborgan. YPX xodimlari bolaning yonida boʻlib, unga birinchi yordam koʻrsatgan va shifoxonaga yotqizgan.

Chaqaloq kasalxonaga taxminan 19:30 da olib kelingan. Unga bosh miya jarohati, gematoma va butun tana boʻylab tan jarohati tashxisi qoʻyilgan. Unga davo muolajalari belgilanib, shifoxonaning neyroxirurgiya boʻlimiga yotqizilgan. Haydovchi qanday jazoga tortilgani haqida maʼlumot berilmagan.

Mashhur yangiliklar