
Toshkent viloyatida ayol o‘zini Afrosiyob poyezdi tagiga tashlab vafot etdi
3 May 2025, 11:47Qarshi shahrida shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlashga yordam berdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Masʼul xodim fermer xoʻjaligi rahbari bilan til biriktirib, xoʻjalik omborxonasiga oʻrnatilgan 2 dona qoʻlbola usulda tayyorlangan yogʻ ishlab chiqarish uskunasini elektr tarmoqlariga noqonuniy ulab bergan.
Noqonuniy harakatlar natijasida 1 mlrd 50 mln soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov olib borilmoqda. Aybdorlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.