3 Aprel 2025, 10:27 Sport

Abduqodir Husanov “Lester”ga qarshi oʻyinda maydonga tushmaganining sababi ochiqlandi

imoyachi qaydnomaga kiritilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bunga futbolchining jarohat olgani sabab boʻlgani aytilgan. Klub buni rad etdi.

Abduqodir Husanov “Lester”ga qarshi oʻyinda maydonga tushmaganining sababi ochiqlandi

Angliya Premyer-ligasi doirasidagi “Man Siti” – “Lester” uchrashuvida oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushmaganining sababi maʼlum boʻldi.

Himoyachi qaydnomaga kiritilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bunga futbolchining jarohat olgani sabab boʻlgani aytilgandi. “Manchester Siti” holat boʻyicha maʼlumot berdi.

Unga koʻra, ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanovga dam berilgan. Unda jarohat yoʻq, futbolchi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik koʻradi.

Maʼlumot uchun, “shaharliklar” keyingi turda hamshahari “Manchester Yunayted” bilan bahs olib boradi.

Mashhur yangiliklar