
AQSHda demokrat Senatda 25 soat davomida Trampni tanqid qilib, rekord oʻrnatdi
Kori Buker prezidentning dastlabki farmonlari oqibatlari, ijtimoiy himoyaning qisqarishi, shuningdek, Grenlandiya va Kanadani qoʻshib olish haqida gapirdi.

AQSHda senator Kori Buker Senat tarixidagi eng uzoq nutq rekordini yangiladi, deb xabar bermoqda The Associated Press.
Demokrat 25 soat davomida amaldagi prezident Donald Trampga qarshi nutq soʻzladi. U oʻz nutqini 31-mart kuni kechqurun boshlagan va 25 soatdan ortiq vaqtdan keyin uni yakunlab, zaldan chiqib ketgan. Shunday qilib, u Janubiy Karolina shtatidan boʻlgan senator Strom Turmond tomonidan 67 yil oldin oʻrnatilgan rekordni yangiladi. Turmond 1957-yilda Fuqarolik huquqlari toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildirish uchun 24 soatu 18 daqiqa kurashgan edi.
Kori Buker Trampning dastlabki farmonlari oqibatlari haqida soʻzladi, ijtimoiy himoya tizimini yanada koʻproq qisqartirish xavfi, shuningdek, Grenlandiya va Kanadani qoʻshib olish masalasi borasida tashvishini bildirdi.
Soʻnggi yangiliklar







