
Oʻzbekistonda chiqindilarni olib chiqib ketish uchun toʻlov ilovasi paydo boʻldi
Foydalanuvchilar xonadonda roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar sonini ham bilib olishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonda chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi ilova yaratildi, deb xabar bermoqda Chiqindilarni boshqarish agentligi matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, foydalanuvchilar qarzdorlikni tekshirishlari, toʻlovlar tarixini kuzatishlari, roʻyxatdan oʻtgan yashovchilar sonini bilishlari va uylariga xizmat koʻrsatuvchi sanitar kompaniya haqida maʼlumot olishlari mumkin.
Tizimga barcha ulangan xonadonlar avtomatik ravishda qoʻshiladigan One ID identifikatsiya tizimi orqali, shuningdek, shaxsiy hisob raqami yordamida kirish mumkin. Parol boʻlmagan taqdirda, uni SMS orqali tasdiqlash kodini olish orqali yaratish mumkin.
Shaxsiy hisob raqamiga biriktirilgan telefon raqamini oʻzgartirish uchun tuman sanitariya tozalash boʻlimiga murojaat qilish kerak. Toza Makon ilovasini App Store va Play Marketʼdan yuklab olishingiz mumkin.
Soʻnggi yangiliklar







