26 Mart 2025, 17:55 Oʻzbekiston

Ramazon hayitini nishonlash sanasi belgilandi

Bayram munosabati bilan dam olish kuni koʻchiriladi.

Ramazon hayitini nishonlash sanasi belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yil mart oyida Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart — yakshanba kuniga toʻgʻri kelib, bayram 2025-yil 30-mart kuni keng nishonlanadi.

2025-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni — yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart — dushanba kuniga koʻchiriladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun tarzda oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Turizm qoʻmitasiga Transport vazirligi bilan birgalikda Ramazon hayiti kunlarida yurtdoshlarimiz uchun muqaddas ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarni ziyorat qilishni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

Mashhur yangiliklar