
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari darsdan qochishni to‘xtatdi
Davomatni yaxshilashda Milliy gvardiya ko‘mak berdi.

Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar qilishicha, ota-onalarga 515 mingta ogohlantirish xati yuborilganidan soʻng Oʻzbekistonda maktablarga davomat 99 foizga yetdi
Milliy gvardiya maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil boshida maktablarga davomat oʻrtacha 70 foizni tashkil etgan boʻlsa, 515 mingga yaqin ogohlantirish xatlaridan keyin 2024-yil oxiriga kelib davomat 95−99 foizgacha koʻtarildi. Mamlakatda 10 134 ta maktab mavjud boʻlib (2024-yil holatiga koʻra), ularda 6,57 millionga yaqin bola taʼlim olmoqda
“Bugungi kunda taʼlim muassasalari bolalarning huquqiy savodxonligini shakllantirish uchun asosiy ijtimoiy makon boʻlib qolmoqda. 10 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 245 mingdan ortiq maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalarini keltirib oʻtmoqchiman”, — dedi Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova
Soʻrov shuni koʻrsatdiki, bolalarning 97 foizi oʻz huquqlaridan xabardor, 65 foizi oʻz huquqlarini yaxshi biladi va 52 foizi bu maʼlumotni maktabda olgan
Rahmonova yana shunday deb eslatdi: “Bolaning taʼlim olishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash ota-onaning bevosita konstitutsiyaviy majburiyatidir”.
Soʻnggi yangiliklar







