
Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Shuningdek, aviakompaniya uzoq xorijga parvoz qilish uchun Airbus samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi joriy yil oxirigacha O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda TACC agentligiga “Qirg‘iziston aeroportlari” tashuvchisining bosh kompaniyasi rahbari Manasbek Samidinov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026−2027 yillarda xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatish uchun ikkita Airbus A320 va A321 samolyotlari sotib olinadi.
“Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini faol ko‘rib chiqmoqdamiz. Shuningdek, 2025-yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz,” — dedi Samidinov.
Top-menejerning ta’kidlashicha, 2024-yilda kompaniya Kanadaning De Havilland kompaniyasida ishlab chiqarilgan uchta Dash 8400 samolyotini olgan. Hozir ular Qirg‘iziston ichida — Bishkek, O‘sh, Qorako‘l, Talas va Jalolobod o‘rtasida parvozlarni amalga oshirmoqda.
Soʻnggi yangiliklar







