
22 Mart 2025, 12:27 •Oʻzbekiston
Toshkentda nazoratsiz qolgan bolaning boshi deraza panjarasiga tiqilib qoldi — video
Qutqaruvchilar bolani ertalab soat toʻrt yarimda xavfsiz chiqarib olishdi.

22-mart tunida Toshkent shahar FVBga deraza panjarasiga tiqilib qolgan bola haqida xabar keldi.
Hodisa Yashnobod tumanida sodir boʻlgan, chaqiruv soat 04:27 da qabul qilingan. Voqea joyiga yetib kelgan yongʻin-qutqaruv guruhi koʻp qavatli uyning birinchi qavatidagi deraza panjarasiga boshi tiqilib qolgan bolani koʻrdi.
Mutaxassislar maxsus qutqaruv uskunalari yordamida bolani xavfsiz chiqarib olib, uni sogʻ-salomat ota-onasiga topshirdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati taʼkidlashicha, voqea bolaning ota-onasi uni eʼtiborsiz qoldirgani sababli yuz bergan.
“Barcha ota-onalardan hech qanday vaziyatda ham farzandlarini eʼtiborsiz qoldirmaslikni soʻraymiz”, — deya taʼkidlandi FVV bayonotida.
Soʻnggi yangiliklar

Benilyuks mamlakatlari O‘zbekistondan mehnat migrantlarini ishga jalb qiladi
29 Mart 2025, 19:35
Atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona tizim yaratiladi
29 Mart 2025, 17:29
“U bizga katta yordam berdi”: “Manchester Siti” bosh murabbiyi Abduqodir Husanov haqida
29 Mart 2025, 15:18
Namangan viloyatida gugurt oʻynagan bola vafot etdi
29 Mart 2025, 13:21
Oʻzbekistonliklarni Shveytsariyada ishlash vaʼdalari bilan aldash boshlandi
29 Mart 2025, 11:11
Oʻzbekistonda bojxona islohotlari amalga oshiriladi
29 Mart 2025, 09:54
Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi tarixiy maksimumni yangiladi
28 Mart 2025, 23:20
Oʻzbekistonda dollar kursi keskin koʻtarildi
28 Mart 2025, 17:25