
21 Mart 2025, 10:31 •Sport
Toshkentda drift boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi
Musobaqada istalgan kishi ishtirok etishi mumkin.

21-23-mart kunlari Toshkentda drift boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati oʻtkazilishi haqida poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, tadbir Oloy bozori yaqinidagi avtoturargohda boʻlib oʻtadi. Ikki kunlik dastur davomida tomoshabinlar professional haydovchilarning mahorati va unutilmas adrenalinli muhitdan toʻliq bahramand boʻlish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Xususan, 21-22-mart (juma-shanba) kunlari quyidagilar amalga oshiriladi:
- ishtirokchilarni roʻyxatga olish;
- sportchilar uchun yoʻriqnoma;
- texnik va tibbiy koʻrik;
- malaka sinovlari;
- mashgʻulot sessiyalari.
23-mart (yakshanba) kuni ishtirokchilar va tomoshabinlarni kutayotgan tadbirlar:
- chempionatning asosiy musobaqalari;
- mamlakatning eng yaxshi drifterlarining yorqin chiqishlari;
- gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimi.
Tadbirga kirish bepul. Hokimlik poytaxt aholisi va mehmonlarini sportchilarning tomoshabop mahoratidan bahramand boʻlishga taklif etdi.
Soʻnggi yangiliklar

Toshkent viloyatida uchta qoʻshni uy yonib ketdi
24 Mart 2025, 21:23
Toshkent havosi misli koʻrilmagan darajada toza boʻldi
24 Mart 2025, 21:07
Oʻzbekistonliklardan “Yer soati”ni qoʻllab-quvvatlash va elektr energiyasini oʻchirish soʻraldi
24 Mart 2025, 16:17
“Xottabich” muzqaymoq ishlab chiqaruvchisi qoidabuzarliklarni bartaraf etishdan bosh tortdi
24 Mart 2025, 16:08
Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
24 Mart 2025, 14:27
Qirgʻizistonda qoidabuzar haydovchilar YHQni bilish boʻyicha tekshiriladi
24 Mart 2025, 13:44
Yomgʻir bilan keskin sovuq: haftalik ob-havo
24 Mart 2025, 12:46
Dzyudochi Umar Bozorov “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi boʻldi — video
24 Mart 2025, 11:18