18 Mart 2025, 10:44 Oʻzbekiston

Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan Lacetti avtohalokat qurboni bo‘ldi — video

Haydovchi yo‘nalish bo‘ylab ketayotgan avtomobil bilan to‘qnashgach, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, yuk mashinasiga urilgan.

Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan Lacetti avtohalokat qurboni bo‘ldi — video

16-mart kuni Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan Lacetti avtomobili og‘ir YTHga uchradi, halok bo‘lgan va jabrlanganlar bor, deya xabar bermoqda 78RU.

Hodisa soat 14:00 atrofida Novgorod viloyati Valday okrugidagi M-10 Rossiya trassasining 400-kilometrida yuz berdi. Lacetti’ni boshqarayotgan 33 yoshli erkak xavfsiz masofani saqlamay, 24 yoshli yigit haydayotgan Volkswagen bilan to‘qnashib ketgan.

Zarba ta’sirida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga otilib chiqib, u yerda 63 yoshli erkak boshqarayotgan DAF rusumli yuk mashinasiga urilgan. YTH oqibatida haydovchi tez yordam yetib kelgunga qadar voqea joyida vafot etgan, uning 33 yoshli yo‘lovchisi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Politsiya tergov boshladi. Voqea joyida Davlat avtoinspeksiyasi xodimlari va qutqaruv xizmatlari faoliyat yuritmoqda. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi.

Mashhur yangiliklar