
Bir yil davomida birorta ham holat qayd etilmadi: O‘zbekiston Global terrorizm indeksidagi o‘rnini yaxshiladi
Respublika GTI reytingida terrorizm xavfi “juda past” bo‘lgan davlatlar guruhida joylashgan.

GTI hisobotiga ko‘ra, 2024-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Global terrorizm indeksida o‘z o‘rnini 10 pog‘onaga yaxshiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terror hujumlari qayd etilgan mamlakatlar soni 58 tadan 66 taga ko‘paygan. Bu deyarli 10 yil davomida faqat yaxshilanib kelgan vaziyatni bekor qiladi: 45 mamlakatda ahvol yomonlashgan va faqat 34 tasida yaxshilangan. O‘zbekiston reytingda 100-o‘rindan 90-pog‘onaga ko‘tarildi. Respublika Irlandiya, Yangi Zelandiya, Belarus va Islandiya bilan yonma-yon joylashgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Belarus mintaqadagi vaziyat yaxshilangan yagona davlatlar bo‘lib qoldi. 2024-yilda ushbu uch davlatda birorta ham terrorchilik hodisasi qayd etilmagan, 2010-yildan beri esa terrorizm oqibatida birorta ham o‘lim holati kuzatilmagan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston GTI reytingida terrorizm xavfi “juda past” bo‘lgan davlatlar guruhida joylashgan. Bu “Islom davlati” terrorchilik tashkilotlari, jumladan, “Xuroson ID” bo‘linmasining faolligi, shuningdek, beqaror Afg‘oniston va Pokiston bilan qo‘shniligi tufayli yuzaga kelgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, terrorchilik tashkilotlari yangi texnologiyalarga tez moslashib, sun’iy intellekt va shifrlangan aloqalar yordamida o‘z faoliyatlarini o‘zgartirmoqda. Razvedka agentliklari xabar berishicha, terrorchilik tashkilotlari sun’iy intellekt yordamida video kontent va bir necha tildagi murakkab kitoblar ishlab chiqarish orqali o‘zlarining raqamli arsenalini kengaytirgan.
Guruhlar mablag‘ yig‘ish uchun shifrlangan xabar almashish platformalari va kriptovalyutadan foydalanmoqda, shu bilan birga sun’iy intellektdan foydalanib, xorijiy maqsadlarga yo‘naltirilgan mahalliy targ‘ibotni yaratmoqda. Endi ularning ta’sir doirasi Markaziy Osiyodan Shimoliy Amerikagacha yetib borgan, bu esa raqamli platformalar terrorchilarni yollash va faoliyatlarini qanday o‘zgartirgani ko‘rsatmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston terrorizmga qarshi birgalikda kurashni boshlashi haqida xabar berilgandi. Uch mamlakat Milliy xavfsizlik xizmati vakillari Farg‘ona viloyatida uchrashuv o‘tkazishdi.










Soʻnggi yangiliklar







