18 Mart 2025, 10:17 Oʻzbekiston

Toshkent hokimligi isitish mavsumi yakunlanganini e’lon qildi

Poytaxtda havo harorati ketma-ket besh kun davomida sakkiz darajadan yuqori bo‘ldi.

Toshkent hokimligi isitish mavsumi yakunlanganini e’lon qildi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 18-mart kuni poytaxtda isitish mavsumi rasman yakunlanadi.

O‘tgan hafta davomida Toshkentda kunduzi havo harorati barqaror tarzda 18-19 daraja iliq va undan yuqori, kechasi esa 8 daraja iliqdan pastga tushmayapti. Gidrometeorologiya markazi bashoratiga ko‘ra, keyingi besh kun ichida kunduzi havo harorati 20-22 daraja iliqni tashkil etadi, kechasi esa 10 daraja iliqdan yuqori bo‘ladi.

Poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat allaqachon 12-13 daraja iliqdan oshgan, bu esa isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan me’yorlarga mos keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2024-2025 yillardagi isitish davri 2025 yil 18-martdan boshlab rasman yakunlanishini ma’lum qilamiz,» deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar