18 Mart 2025, 09:14 Oʻzbekiston

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi va 27-martga (7 kalendar kun) qadar davom etadi.

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bahorgi ta’tili 21-mart, juma kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘quvchilar 27-mart, payshanba kunigacha ta’tilda bo‘ladi. Shu tariqa o‘quvchilar 7 kun dam oladi. IV chorak darslari esa 28-martdan boshlanadi.

Sanalar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq belgilanadi, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar