
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi
17 Mart 2025, 17:48O‘zbekistonda 2024/25 o‘quv yilining boshlanish payti holatiga, xususiy maktablarda o‘qiyotgan o‘quvchilar soni 112 ming 93 nafarga yetdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu – o‘tgan o‘quv yilida qariyb 2 barobar, 2018/19 o‘quv yili boshiga nisbatan esa 8,1 barobarga ko‘proq.
Yillar kesimida nodavlat maktablarda o‘quvchilar soni:
Hozirgacha eng katta o‘sish 2024/25 o‘quv yiliga to‘g‘ri keladi: bir yil oldingiga nisbatan xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 75 foizga ko‘paygan.
Pandemiya yilida esa o‘sish sekinroq bo‘lgan. Umumiy tendensiyaga qaralsa, oxirgi 6 yilda xususiy maktab o‘quvchilari soni o‘rtacha yillik hisobda juda tez o‘sgan – 43,1 foiz.