20 Fevral 2025, 11:58 Oʻzbekiston

Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Hozirda gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jizzax viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Jizzax shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda I.N. va M.M. ismli shaxslar fuqaro S.G.ga 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 51 ming qalbaki AQSh dollarini hamda 200 ming so‘mlik kupyurali qalbaki 100 million so‘mni jami 93 million so‘mga sotishga kelishgani aniqlangan. Ular ushbu mablag‘larning 39,2 million so‘mini bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar