19 Fevral 2025, 13:02 Oʻzbekiston

Toshkentda haydovchisi uxlab qolgan Lacetti 3 ta mashina bilan to‘qnashdi

Maxtumquli ko‘chasida haydovchisi uxlab qolgan Lacetti oldindagi Lada, Cobalt va Malibu'ga borib urildi.

Toshkentda haydovchisi uxlab qolgan Lacetti 3 ta mashina bilan to‘qnashdi

19-fevral kuni ertalab Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida Lacetti avtomobili oldinda harakatlanayotgan mashinalarga urilib ketdi.

Videoregistratorlardan olingan yozuvlarda sedanning zich va sekin harakatlanayotgan oqimda tezlik bilan Lada va Cobalt orasidan o‘tib, ularga shikast yetkazganini ko‘rish mumkin. So‘ngra u Malibu’ga borib urilgan.

Poytaxt IIBB YHXB xabar berishicha, YTHga haydovchining rulda uxlab qolishi sabab bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q. Tergov boshlandi.

Mashhur yangiliklar