Shvetsiyada maktabdagi otishmada 10 kishi halok bo‘ldi
Hujum uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. U qanday turdagi quroldan foydalangani oshkor etilmagan.

Shvetsiyaning Erebru shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya ma’lumotlariga tayanib, CNN xabar berdi.
Qurbonlarning shaxsi hali aniqlanmoqda. Hujum uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Politsiyaning ta’kidlashicha, gumonlanuvchi hech qanday jinoiy guruhlarga aloqador bo‘lmagan. U qanday turdagi quroldan foydalangani oshkor etilmagan.
“U yolg‘iz harakat qilgan. Mazkur otishma juda fojiali bo‘lib, unda jabrlanganlar ko‘p. Bu dahshatli voqea, xuddi qo‘rqinchli tushday”, deydi shahar politsiyasi boshlig‘i Roberto Eid Forest.
Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
“Bugun biz mutlaqo begunoh odamlarga nisbatan shafqatsiz, o‘limga olib kelgan zo‘ravonlikni ko‘rdik — bu Shvetsiya tarixidagi eng dahshatli ommaviy otishma”, dedi u.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi Toshkentda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi jarimaga tortildi Poytaxtdagi maktabda noma’lum shaxs “qon to‘kilishi” bilan tahdid qildi Sirdaryodagi maktabda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘rab chiqdi Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi
Soʻnggi yangiliklar







