30 Yanvar 2025, 15:48 Oʻzbekiston

Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim normalar bekor qilindi

Prezident tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.

Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim normalar bekor qilindi

Eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish maqsadida qator qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, “Isteʻmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonundan mahalliy hokimiyat organlarining isteʻmolchilarning (isteʻmolchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib sudlarga murojaat etish boʻyicha vakolatlarini belgilovchi norma chiqarib tashlanmoqda.

“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonundan baholovchi tashkilotda qonunchilikda nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjud boʻlishi lozimligi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda.

Shuningdek, “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonundan investitsiya buyurtmanomasiga: shaxsni tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasini (investor — jismoniy shaxs uchun) ilova qilish boʻyicha talab chiqarib tashlanmoqda.

Qonun bilan boshqa hujjatlarga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Mashhur yangiliklar