Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik ayol ekstremistik materiallar tarqatishda ayblanib ushlandi
Gumonlanuvchi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tergov ishi davom etmoqda.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida internetda ekstremistik materiallar tarqatganlikda gumonlanib, 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
O‘zbekistonlik ayol internetni monitoring va tahlil qilish tadbirlari davomida aniqlangan.
Ekstremistik va terroristik xarakterdagi materiallarni e’lon qilgan Instagram va TikTok ijtimoiy tarmoqlarining faol foydalanuvchisi haqida ma’lumotlar olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “Ekstremistik materiallarni tayyorlash, tarqatish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, materiallar Qirg‘iziston hududida taqiqlangan “Islomiy davlat” xalqaro terrorchilik tashkilotiga tegishli bo‘lgan. Maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumonlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritgan. U 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.N. bo‘lib chiqqan.
U ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning diniy bosh kiyimi — “niqob”ni reklama qilib sotgan va unga jihod ruhidagi “nashida”larni audio sifatida tanlagan. Gumonlanuvchi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tergov ishi davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Soʻnggi yangiliklar







