22 Yanvar 2025, 14:18 Sport

Srechko Katanes milliy jamoa bosh murabbiyligidan ketdi

Sloveniyalik murabbiyi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli assotsiatsiya bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qilgan.

Srechko Katanes milliy jamoa bosh murabbiyligidan ketdi

Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, terma jamoa bosh murabbiyi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli assotsiatsiya bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qilgan.

Sloveniyalik murabbiy o‘z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to‘laqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qo‘llab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.

“O‘z navbatida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi. O‘FA hamda Srechko Katanes o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro do‘stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanes bilan shartnoma 2021-yilning avgustida tuzilgan va u 2025-yilga qadar mo‘ljallangan.

Mashhur yangiliklar