Samarqandda qalbaki AQSh dollarini o‘tkazganlar ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyati Narpay tumanida qalbaki dollarni sotgan shaxslar qoʻlga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi department.
Qayd etilishicha, departamentning Narpay tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subʻyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda O.E. va J.S. ismli shaxslar oʻzaro til biriktirib, “Mirbozor bozori” MChJ hududida Paynet xizmati bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkorlar O.J. va D.R.ning shoxobchasidan boshqa fuqarolar plastik kartasiga jami 5,6 million soʻm pullarni oʻtkazib, evaziga qalbaki 500 AQSh dollarini bergani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Soʻnggi yangiliklar







