Toshkentda “Gazel” urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi
Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB Mirzo Ulugʻbek tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʻlumot berdi.
Qayd etilishicha, 21-yanvar kuni soat 09:40 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida 60 yoshli haydovchi O.S. “GAZ-32221” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan 32 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan.
Soʻng haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib 35 yoshli Z.Z. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashinasiga toʻqnashgan. Toʻqnashuv zarbidan soʻng BYD 69 yoshli R.T. boshqaruvida boʻlgan Matiz’ga urilgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







